Самарқанд вилояти Самарқанд шаҳар
Мактабгача таълим бўлими

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli tadbirlar, tarbiyalanuvchilar ishtirokida qiziqarli ochiq mashg'ulotlar o'tkazib kelinadi.

Bolalar qalbiga ona-Vatanga muhabbat, uning betakrorligi va muqaddasligiga ishonch, buyuk mustaqilligimizga sadoqat ruhini singdirib kelayotgan tarbiyachi-pedagoglar bugungi kunda jajji o'g'il-qizlarimizning tasavvurlarini jannatiy o'lkamizning tarovatli kuz fasli, uning ziynati haqidagi ma'lumotlar bilan yanada boyitmoqda.

Xususan, 105-MTTda kuni-kecha "Hosil bayrami" bo'lib o'tdi.  Milliy boyligimiz bo'lgan paxtamiz, uning yetishtirilishi-yu undan tayyorlanadigan mahsulotlar haqida bilib olgan bolajonlar oltin kuzning tarovati, bobodehqonu paxtakorning zahmati haqida tarbiyachilaridan qiziqarli ma'lumotlar tinglashdi. 


Киритилган вақти: 29/10/2019 10:18;   Кўрилганлиги: 23
 
Материал манзили: http://samshaharmtb.uz/news/samarqand-shahar-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-turli-tadbirlar-tarbiyalanuvchilar-ishtirokida-qiziqarli-ochiq-mashgulotlar-otkazib-kelinadi
Чоп этилган вақт: 12/11/2019 08:06