Xabarlar

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ul hodimlari tomonidan "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminardan o‘tkazilishidan maqsad; Pandemiya davrida, uyda karantinda o‘tirgan maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyachilariga unutilgan bilimlarini yana bir bor yodga olishda amaliy yordam berish.

17-11-2020 11:31   6

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 98- DMTTda bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda, asosan maktabga tayyorlov guruhining tarbiyachilari tashrif buyurdilar. Bu seminarda tarbiyachilar uchun savodxonlik mashg‘ulotlarini tashkil etish va shu mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachilardan talab qilinadigan bilim, malaka va ko‘nikma haqidagi tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar. "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturida berib borilgan oy mavzulari, hafta mavzularining  faoliyat markazlarida olib borilayotgan  mashg‘ulotlar qanday bo‘lishi kerakligini, ko‘rgazmali, tarqatma materiallardan foydalanilgan holda o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan savollarni, aqliy hujumlar, o‘yinlar va yozma javoblar orqali bilib oldilar.

Samarqand shahrida “UTRENNAYA ZVEZDA” Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

29-08-2020 14:10   43

Samarqand shaxar "UTRENNAYA ZVEZDA" maktabgacha ta'lim tashkiloti 80 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib “D.Ko‘ndalang” MFY, N.Yakubov ko‘chasida joylashgan. Jami 4 ta guruxdan iborat

Bugungi kunda jami 8 ta mutaxassislar jalb etilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotida har bir bolani rivojlantirishga qaratilgan aloxida xonalar tashkil etilgan. Ushbu muassasada 2 yoshdan to 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

Barcha gurux tarbiyachilari oliy ma'lumotli mutaxassislar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi ta'lim hizmatlari tashkil etilgan

Samarqand shahrida "VAVY LAND XADICHA “MECHTA” nomli xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi ish faoliyatini boshladi.

29-08-2020 13:59   39

         Samarqand shaxar "VAVY LAND XADICHA" MECHTA""nomli maktabgacha ta'lim muassasasi 125 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib Xodji Muminov ko‘chasida joylashgan . Jami 5 ta guruxdan iborat.

         Bugungi kunda jami 22ta mutaxassislar jalb etilgan. Maktabgacha ta'lim muassasasida har bir bolani rivojlantirishga qaratilgan aloxida xonalar tashkil etilgan.Ushbu muassasada 1,5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Barcha gurux tarbiyachilari oliy ma'lumotli mutaxassislar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi ta'lim hizmatlari tashkil etilgan;

-logoped ishlari bolalar nutqini korreksion ishlarni olib borish:

-tibbiy hizmat ya'ni massaj:

-fitobar xizmatlari;

-mental arifmetika bolalar aqliy rivojlantirish va ilk matematik bilimlarni oshirish;

-xareografiya bolalarni raqs o‘rgatish;

-texkvando, bolalar kurash mashqlarni o‘rgatish;

-badiiy gimnastika qiz bolalarni jismoniy yetukligini oshirish;

-ingliz va ispan tillari o‘rgatish;

-suzish mashqlari kiritilgan.

        Barcha guruhlar zamon talablariga mos davlat talablari asosida tashkil etilgan bo‘lib bolalarni xar tomonlama rivojlantirishga qaratilgan holatda jihozlangan. Muassasada “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ishlar olib boriladi. Yangi pedagogik texnologiyalar va uslublar asosida tarbiyachilar faoliyat ishlarni boshladilar.

       “Mechta” nomli ya'ni orzu maskan barcha talablarga mos bo‘lib bolalarni vatanparvar, kelgusida jismoniy va aqliy yetukligini oshirishga qaratilgan.

       Xavfsizlik choralari sifatida kameralar o‘rnatilgan va sanitariya talablari to‘liq amalga oshirilgan.

Samarqand shahridagi “Timur-Fayz” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Karantin choralarining yumshatilishi munosabati bilan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini qayta tiklash va bosqichma-bosqich rivojlantirish istiqbollari” mavzusida viloyat amaliy seminari o‘tkazildi.

10-06-2020 13:17   134

Xabaringiz bor, respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 iyundan boshlab, “yashil” va “sariq” hududlarda xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” Samarqand shahrida onlayn tarzda o‘tkazildi.

02-06-2020 08:25   144

             Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi ta'lim tashkilotlarida 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayram tadbiri keng nishonlandi. Bolalar karantin davrida bayramni uy sharoitida qiziqarli va mazmunli o‘tkazishlari uchun ta'lim tashkilotlari va bo‘lim hodimlari bilan birgalikda qiziqarli onlayn bayram dasturlari tashkil etildi. Dasturga barcha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, tarbiyachi pedagoglar va tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etishdi. Onlayn video roliklarni ushbu telegram guruxdan ko‘rishingiz mumkin https://t.me/samshaharonlinebogcha.

1-Iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ijtimoiy ko‘makga muhtoj oila farzandlaridan xabar olindi.

02-06-2020 07:48   147

1-Iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri O‘.Xalilov tashabbusi bilan shahardagi 57-, 60-, 78- va 114-ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ijtimoiy ko‘makga muhtoj oila farzandlaridan xabar olindi hamda ularga bayram munosabati bilan sovg‘alar taqdim etildi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumi orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.

Samarqand shaxar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 64 va 73-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 2020 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyrug‘ining xozirgi kundagi ijrosi yuzasidan hamda psixologlar ish xujjatlarining to‘g‘ri yuritilishi xolati buyicha maktabgacha ta'lim tashkilot pedagog hodimlari uchun amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

17-03-2020 15:23   220

Seminarga MTB metodistlari hamda 107-MTT metodisti M.Urakova, 76 MTT metodisti N.Nuriddinova, 114-MTT metodisti M. Parmankulova, 102-MTT psixologi N.Mansurova, 98-MTT jismoniy tarbiya yo‘riqchisi G. Bo‘riyevalar   maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan psixolog, metadist, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, musiqa rahbari va tarbiyachilar ishrirok etdilar.

Samarkand shahar maktabgacha ta'lim bulimi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari ijro intizomi buyicha mas'ul hodimlar o‘rtasida joriy yilning 28 fevral kuni Samarkand shaxridagi 27-maktabagacha ta'lim tashkilotida "Ish yuritishni takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash va ijro nazoratini tashkil etish" mavzusi yuzasidan o‘kuv-amaliy seminari o‘tkazildi.

12-03-2020 07:58   186

O‘kuv-amaliy seminarni maktabgacha ta'lim bo‘limi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash buyicha mutaxassis M.Xo‘janafasova hamda 114-ixtisoslashgan maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisi M.Parmonkulovalar olib borishdi. O‘kuv-seminarda O‘zbekistan Respublikasi Davlat boshqaruvi tizimida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha me'yoriy hujjatlar, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yuritiladigan hujjatlarini kayd kilish daftarlari va ularning ijrosini nazoratini olib borish hamda tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash to‘g‘risida gapirib o‘tdilar va ushbu buyicha seminar ishtirokchilariga qonun hujjatlariga muvofik to‘g‘ri yuritilishi lozim bo‘lgan amaliy hujjatlar ko‘rsatildi.

2020 yilning 19 fevral kuni Samarqand Davlat Universitetining maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari Samarqand shahridagi 80-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va Koreya Respublikasining maktabgacha talim tizimidagi tajribalarini umumlashtirib o‘rganish” bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi.

20-02-2020 17:40   203

Samarqand Davlat Universitetining maktabgacha talim fakulteti magistr va bakalavr talabalari ishtirokida, Samarqand shahar 80-maktabagacha talim tashkilotida “Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va Koreya Respublikasining maktabgacha talim tizimidagi tajribalarini umumlashtirib o‘rganish” mavzusi yuzasidan seminar trening o‘tkazildi. Seminar treningda, maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari ta'lim tizimini rivojlantirishda nazariy bilim va amaliy jarayon uzviy ravishda olib borilishi, nazariy olingan bilimlar amaliyotda o‘z isbotini topishi uchun ta'lim tashkilotlari va oliy ta'lim tizimi bilan doimiy ravishda xamkorlikda ish olib borishi kerakligi ta'kidlandi. Ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini yanada oshirishda, oila bilan xamkorlik ishlari, mashg‘ulotlar jarayonida o‘yin faoliyatining axamiyati xamda bolalarning ijodiy rivojlanishidagi pedagogik psixalogik xolatlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan hamkorlikda barcha shahar maktabgacha ta'lim tashkilotlari xamshiralariga "Koronavirusi"ni mamlakatimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. bo‘limi

06-02-2020 14:16   208

O‘quv-amaliy seminarda Samarqand shahar SEO markazi vrach-epidemiolog Jabbarova Nuriya Ismailovna, Samarqand viloyat DSENB Samarqand shahar filiali inspektori S.Nurmatova hamda  Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi hodimlari S.Yunusov, E.Xaydarov, G.Xakimovalar ma'ruza qildilar. 

 1 2 3 >  Last ›