Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1-Iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ijtimoiy ko‘makga muhtoj oila farzandlaridan xabar olindi.

1-Iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri O‘.Xalilov tashabbusi bilan shahardagi 57-, 60-, 78- va 114-ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ijtimoiy ko‘makga muhtoj oila farzandlaridan xabar olindi hamda ularga bayram munosabati bilan sovg‘alar taqdim etildi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumi orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.


Kiritilgan vaqti: 02/06/2020 07:48;   Ko‘rilganligi: 147
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-munosabati-bilan-ixtisoslashtirilgan-maktabgacha-talim-tashkilotlarining-ijtimoiy-komakga-muhtoj-oila-farzandlaridan-xabar-olindi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2020 22:34