Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2020 yil 22 yanvar kuni Samarqand shahridagi Zarafshon MFYda 2019 yilgi Investitsiya dasturi asosida qaytadan qurilgan 7-maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Tadbirda shahar hokimi B.Oblakulov, sektor rahbarlari va Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri O‘.Xalilov bolajonlarni hamda ularning ota-onalarini ushbu zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini boshlaganligi bilan tabrikladi.

Ushbu maktabgacha  ta'lim tashkilotining ochilishi Zarafshon mahallasi aholisi uchun qolaversa bolajonlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy, davlat talablari asosida jihozlangan. Ochilish marosimida qatnashganlar yangi zamonaviy va barcha qulayliklarga ega maktabgacha ta'lim tashkiloti xonalarini ko‘rib chiqishdi.


Kiritilgan vaqti: 23/01/2020 15:19;   Ko‘rilganligi: 243
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/2020-yil-22-yanvar-kuni-samarqand-shahridagi-zarafshon-mfyda-2019-yilgi-investitsiya-dasturi-asosida-qaytadan-qurilgan-7-maktabgacha-talim-tashkiloti-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2020 22:23