Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2020 yilning 19 fevral kuni Samarqand Davlat Universitetining maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari Samarqand shahridagi 80-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va Koreya Respublikasining maktabgacha talim tizimidagi tajribalarini umumlashtirib o‘rganish” bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Samarqand Davlat Universitetining maktabgacha talim fakulteti magistr va bakalavr talabalari ishtirokida, Samarqand shahar 80-maktabagacha talim tashkilotida “Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va Koreya Respublikasining maktabgacha talim tizimidagi tajribalarini umumlashtirib o‘rganish” mavzusi yuzasidan seminar trening o‘tkazildi. Seminar treningda, maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari ta'lim tizimini rivojlantirishda nazariy bilim va amaliy jarayon uzviy ravishda olib borilishi, nazariy olingan bilimlar amaliyotda o‘z isbotini topishi uchun ta'lim tashkilotlari va oliy ta'lim tizimi bilan doimiy ravishda xamkorlikda ish olib borishi kerakligi ta'kidlandi. Ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini yanada oshirishda, oila bilan xamkorlik ishlari, mashg‘ulotlar jarayonida o‘yin faoliyatining axamiyati xamda bolalarning ijodiy rivojlanishidagi pedagogik psixalogik xolatlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Seminarda Janubiy Koreyalik mehmon Che Mina ishtirok etdi. Koreya Respublikasining maktabgacha talim tizimidagi ta'lim-tarbiya jarayoni va mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning qulayliklari, hamda bolalarni yoshlikdanoq Vatanga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash usullari to‘g‘risida tajriba almashilindi. Seminar davomida nazariy olingan bilimlar doimo amaliyotda to‘ldirilib borilishi va biz bugungi kunda maktabgacha talim tizimini rivojlantirish ustuda ish olib borar ekanmiz, faqatgina rivojlangan davlatlardan andoza olish bilan cheklanib qolmasdan, barchamiz shu tizimda o‘z izimizni qoldirishimiz kerakligi ta'kidlandi.


Kiritilgan vaqti: 20/02/2020 17:40;   Ko‘rilganligi: 202
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/2020-yilning-19-fevral-kuni-samarqand-davlat-universitetining-maktabgacha-talim-fakulteti-talabalari-samarqand-shahridagi-80-maktabgacha-talim-tashkilotida-nazariy-bilimlarni-amaliyotda-qollash-va-koreya-respublikasining-maktabgacha-talim-tizimidagi-tajri
Chop etilgan vaqti: 28/11/2020 12:41