Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2021 yil 22 iyun kuni Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyachilari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" kasbiy ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

          Ko‘rik tanlovda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan tarbiyachilar ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2021 yil 27 apreldagi 67-sonli buyrug‘ining nizomi asosida o‘tkazildi. Nizom bo‘yicha ko‘rik tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich shahar yoki tuman bosqichi bo‘lib, bu bosqichning "Eng yaxshi metodist tarbiyachi", "Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi", "Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi", "Eng yaxshi g‘oya muallifi", "Mohir qo‘l ustasi" nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar viloyat bosqichiga yo‘llanma oladilar. O‘tkazilgan ko‘rik tanlovda  maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyachilari o‘zaro bilim, malaka va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Tanlovning birinchi bosqichda o‘tkazildi. Hakamlar hay'ati ishtirokchilarning barcha turlar bo‘yicha baholab bordilar. Qiziqarli o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov yakunida:"Eng yaxshi metodist tarbiyachi" nominatsiyasi bo‘yicha 64-DMTT tarbiyachisi Tairova Feruza Abdug‘aniyevna,   "Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi" nominatsiyasi bo‘yicha 67-DMTT tarbiyachisi Kamoliddinova Go‘zal O‘tkirovna, "Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi" nominatsiyasini 17-DMTT tarbiyachisi Hotamova Hilola A'zamovna, "Eng yaxshi g‘oya muallifi" nominatsiyasi bo‘yicha 107-DMTT tarbiyachisi Oblaqulova Zarina Furqat qizi,  "Mohir qo‘l ustasi" nominatsiyasi bo‘yicha 16-DMTT tarbiyachisi Salomova Nazira A'zamovnalar qo‘lga kiritdi. Yuqoridagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tarbiyachilar ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Kiritilgan vaqti: 23/06/2021 07:03;   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/2021-yil-22-iyun-kuni-samarqand-shahar-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-maktabgacha-talim-tashkilotlarining-tarbiyachilari-ortasida-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovining-shahar-bosqichi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 02/08/2021 02:50