Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

60-maxsus MTMda Navro‘z bayrami o‘tkazildi

Joriy yilning 2019 yil 1 aprel Samarqand shahar 60-maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida “Navruz-umumxalq bayrami” ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir maxsus maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari ota-onalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda tarbiyalanuvchilar o‘z musiqiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarining e'tiborini tortdi. Bundan tashqari, milliy urf-odat va an'analarimizdan “Kelin salom” namoyish etildi hamda ota-onalar bilan milliy harakatli o‘yinlar ijro etildi. Navro‘z bayramining an'anaviy taomi hisoblangan “Sumalak” haqidagi rivoyat sahna ko‘rinishi tarzida namoyish etildi.

Tadbirning eng quvonarlisi shuki, Samarqand shahar hokimi Raximov F.J tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun maxsus sovg‘alar, ya'ni imkoniyati cheklangan bolaar uchun aravachalar, qultiq tayyoqlar va yurishga yordam beruvchi maxsus moslama(xodunok)lar berilgani bolalar quvonchiga yanada zavq bag‘ishladi.


Kiritilgan vaqti: 02/04/2019 10:06;   Ko‘rilganligi: 116
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/60-maxsus-mtmda-navroz-bayrami-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 12/11/2019 07:35