Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Avgust konferensiyasi

Joriy yilning 26 avgust kuni Samarqand shahar Xalq va Maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari uchun “Avgust konferensiyasi” o‘tkazildi.

“Avgust konferensiyasi” tizimdagi pedagog xodimlar tomonidan bayramona tarzda nishonlanishi, shu bilan birga o‘tgan o‘quv yili yakunlari va yangi o‘quv yilida oldimizda turgan vazifalar to‘g‘risida kelishib olish an'anaga aylanib qolgan.

           

Bugun biz avgust konferensiyasini Respublikamiz mustaqilligining 27 yilligi oldidan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida, maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari oldiga yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimdon, ma'naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish, yurt uchun munosib farzandlarni tarbiyalash hamda ta'lim mazmuni, sifat-samaradorligi jihatdan takomillashtirish kabi qator vazifalarni qo‘yadi.

            Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlashda shahar maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining 2018-2019 o‘quv yili oldidan bugungi o‘tkazilayotgan Avgust koferensiyasini “Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash bosh vazifamiz” shiori ostida o‘tkazildi.


Kiritilgan vaqti: 28/08/2018 06:17;   Ko‘rilganligi: 267
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/avgust-konferentsiyasi
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 00:16