Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Gimnastrada” sport festivalini o‘tkazish to‘g‘risida.

Samarqand viloyat hokimligining 2019 yil 5 oktyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari o‘rtasida vazirlik tashkil topganligining 2 yilligi munosabati bilan “Siz bilan birgalikda o‘sayabmiz va rivojlanayabmiz” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivalini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra: -maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilar o‘rtasida “Gimnastrada” sport festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani shakllantirish;

        -“Gimnastrada” sport festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbir rejasini ishlab chiqish;

         - Jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan hamkorlik o‘rnatgan holda maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Gimnastrada” sport festivalini o‘tkazish;

        -“Gimnastrada” sport festivalida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari o‘rtasida g‘olib jamoalarni viloyat bosqichida ishtirokini va havfsizligini ta'minlash;


Kiritilgan vaqti: 02/11/2019 12:48;   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/gimnastrada-sport-festivalini-otkazish-togrisida
Chop etilgan vaqti: 14/11/2019 23:58