Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Joriy yilning 3mart kuni Samarqand shaxridagi 24-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Siyob-1 hududi bo‘yicha "Kasbim faxrim" mavzusida tarbiyachilar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda 5-, 8-, 24-, 32-, 40-, 101- va 128-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari o‘zlarining bilib malakalarini hamda bolajonlarga beriladigan ta'lim-tarbiya jarayonidan mashg‘ulotlarni komissiya a'zolariga ko‘rsatib berishdi, shuningdek tadbir ishtirokchilari Samarqand shaxar maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2021 09:18;   Ko‘rilganligi: 56
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/joriy-yilning-3mart-kuni-samarqand-shaxridagi-24-sonli-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-siyob-1-hududi-boyicha-kasbim-faxrim-mavzusida-tarbiyachilar-ishtirokida-manaviy-marifiy-tadbir-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 13:21