Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim tizimida seminar-treninglar doimiy o‘tkazilib kelinmoqda

Maktabgacha ta'lim muassasalarida  doimiy maqsadli  seminarlarni  tashkil etish rejasi tuzilgan bo‘lib, ushbu rkja jadval asosida joriy yilning 6- va 7- iyul kunlari 12-MTMda mudiralar uchun, 102-MTMda pedagog va ruxshunoslar uchun, 124-MTMda xamshiralar  uchun hamda 71-MTMda  tarbiyachilar uchun seminarlar tashkil etildi.

  O‘tkazilgan seminar-treningda maktabgacha ta'lim bo‘limining oziq-ovqat maxsulotlari xisobi bo‘yicha guruh rahbari Bekzod Suyunov hamshiralarga yangi SanPIN me'yorlarini maktabgacha ta'lim muassasasida bajarish yo‘llari va tartibini tushintirib, bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari bosqichma-bosqich Autsorsing xizmatiga o‘tkazilishi  haqida to‘xtalib o‘tdi.

     Shuningdek, 27-MTM pedagogi maktabgacha ta'lim muassasalarida  yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini tashkil etish, tarbiyachi bilan hamkorlikda chiniqtirish muolajalarini o‘tkazish ahamiyati to‘g‘risida  ma'lumot berib, amalda ham namoish etgan bo‘lsa,     124-MTM xamshirasi B.Musinova hamshira tomonidan yuritiladigan  me'yoriy xujjatlar ko‘rgazmasini tashkil etdi.  Seminar davomida ishtirokchilarga metodik yordam ko‘satildi.

Kiritilgan vaqti: 09/07/2018 17:00;   Ko‘rilganligi: 511
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-tizimida-seminar-treninglar-doimiy-otkazilib-kelinmoqda
Chop etilgan vaqti: 14/11/2019 23:17