Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan hamkorlikda barcha shahar maktabgacha ta'lim tashkilotlari xamshiralariga "Koronavirusi"ni mamlakatimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. bo‘limi

O‘quv-amaliy seminarda Samarqand shahar SEO markazi vrach-epidemiolog Jabbarova Nuriya Ismailovna, Samarqand viloyat DSENB Samarqand shahar filiali inspektori S.Nurmatova hamda  Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi hodimlari S.Yunusov, E.Xaydarov, G.Xakimovalar ma'ruza qildilar. 

Samarqand shahrida koronavirus infeksiyasi va mavsumiy yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqarorligini ta'minlash maqsadida ularning oldini olish profilaktikasi to‘g‘risida suxbatlar tashkil etildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldidilar. 


Kiritilgan vaqti: 06/02/2020 14:16;   Ko‘rilganligi: 208
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shahar-maktabgacha-talim-bolimi-hamda-shahar-sanitariya-epidemiologiya-osoyishtaligi-markazi-bilan-hamkorlikda-barcha-shahar-maktabgacha-talim-tashkilotlari-xamshiralariga-koronavirusini-mamlakatimizga-kirib-kelishini-oldini-olish-maqsadida-oquv
Chop etilgan vaqti: 03/12/2020 21:30