Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ul hodimlari tomonidan "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminardan o‘tkazilishidan maqsad; Pandemiya davrida, uyda karantinda o‘tirgan maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyachilariga unutilgan bilimlarini yana bir bor yodga olishda amaliy yordam berish.

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 98- DMTTda bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda, asosan maktabga tayyorlov guruhining tarbiyachilari tashrif buyurdilar. Bu seminarda tarbiyachilar uchun savodxonlik mashg‘ulotlarini tashkil etish va shu mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachilardan talab qilinadigan bilim, malaka va ko‘nikma haqidagi tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar. "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturida berib borilgan oy mavzulari, hafta mavzularining  faoliyat markazlarida olib borilayotgan  mashg‘ulotlar qanday bo‘lishi kerakligini, ko‘rgazmali, tarqatma materiallardan foydalanilgan holda o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan savollarni, aqliy hujumlar, o‘yinlar va yozma javoblar orqali bilib oldilar.

Bundan tashqari maktabgacha ta'lim tashkilotlarida elementar matematika mashg‘ulotlarining maktabga tayyorlov guruhlarida qanday tashkillashtirish lozimligini , hamda tarqatma va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash, guruhda hujjatlarning bazasini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berib borildi.Muhimi har bir tarbiyachi o‘z kasbini sevadigan, tarbiyalanuvchiga mehr bera oladigan yaqin insoni bo‘lishi uchun doimo izlanishda bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘z ustida ishlaydigan, yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanadigan, AKTni muntazam ravishda qo‘llab mashg‘ulot o‘tkazib boradigan tarbiyachilar ishlashi lozimligini aytib o‘tildi. Seminarda tarbiyachilarning mashg‘ulotlar davomida qo‘llashi mumkin bo‘lgan harakatli, tinch va didaktik o‘yinlar ko‘rsatib berildi. "Tarbiyachilar maktabgacha ta'limda faoliyat yuritar ekan, shu kasb uchun fidoiy inson bo‘lishi va albatta tarbiyalanuvchi bolajonlarini yaxshi ko‘rishi kerak" -degan shiorni olg‘a surgan seminar tashrif buyurgan har bir tarbiyachini qiziqtirgan savollariga javob olishlari uchun imkoniyat yaratib berdi. Eng muhimi o‘yin tarzida o‘tkazilgan seminar tashrif buyurgan tarbiyachilarda katta taassurotlar qoldirgan holda o‘z ishini yakunladi.


Kiritilgan vaqti: 17/11/2020 11:31;   Ko‘rilganligi: 6
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shahar-maktabgacha-talim-bolimi-masul-hodimlari-tomonidan-ilk-qadam-davlat-oquv-dasturi-boyicha-seminar-bolib-otdi-seminardan-otkazilishidan-maqsad-pandemiya-davrida-uyda-karantinda-otirgan-maktabgacha-talim-tashkilotining-tarbiyachilariga-unuti
Chop etilgan vaqti: 28/11/2020 13:20