Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 67-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 8 fevral kuni buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab "Non isi" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

               Tadbirda DMTTning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida Alisher Navoiyning bolaligi va uning aqli, zakovatini targ‘ib etuvchi sahnalar chiroyli tarzda namoyish etildi. Bunday tadbirlar tarbiyalanuvchilarni har tomonlama aqlli, ma'naviyatlarini o‘stirishda xizmat qiladi. Bundan tashqari tadbirda tarbiyalanuvchilar buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy ijodiga mansub bo‘lgan she'rlar va g‘azallardan namunalar o‘qib berdi. Tarbiyalanuvchilar o‘sha davrga xos kiyinishlari, ayniqsa yosh Alisherning davrada o‘zini tutishlari, yosh qizaloqlarning o‘sha davrga xos nazokat ila raqsga tushishlari barchada qiziq taassurot qoldirdi.

          O‘tkazilgan tadbir tarbiyalanuvchilar ongida A.Navoiydek shoirning bolaligini gavdalantira oldi va o‘z oldiga kelajakda shoir bo‘lishdek maqsadlarni qo‘yishga xizmat qila oldi. Buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davom etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2021 08:50;   Ko‘rilganligi: 113
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shahar-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-67-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-8-fevral-kuni-buyuk-mutafakkir-shoir-alisher-navoiy-tavalludining-580-yilligiga-bagishlab-non-isi-deb-nomlangan-tadbir-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 02/08/2021 03:01