Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shahrida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari soni yana uchtaga ko‘paydi

2018 yil 22 dekabr kuni Samarqand shahridagi “Timur Fayz” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida yana 100 o‘ringa mo‘ljallangan bino ishga tushirildi. Shuningdek, “Nayman” mahallasida yangi “SAM KINDER CITY” nomli 100 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi, “Ming tut” mahallasida “GUMUSH GOLD” nomli 50 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov, shahar hokimi F.Raximov, SamDU rektori R.Xolmuradov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova, Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri D.Saydullayeva hamda mahalla faollari qatnashdilar.


Kiritilgan vaqti: 22/12/2018 07:38;   Ko‘rilganligi: 144
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shahrida-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-soni-yana-uchtaga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 14/11/2019 23:18