Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shahrida “UTRENNAYA ZVEZDA” Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

Samarqand shaxar "UTRENNAYA ZVEZDA" maktabgacha ta'lim tashkiloti 80 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib “D.Ko‘ndalang” MFY, N.Yakubov ko‘chasida joylashgan. Jami 4 ta guruxdan iborat

Bugungi kunda jami 8 ta mutaxassislar jalb etilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotida har bir bolani rivojlantirishga qaratilgan aloxida xonalar tashkil etilgan. Ushbu muassasada 2 yoshdan to 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

Barcha gurux tarbiyachilari oliy ma'lumotli mutaxassislar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi ta'lim hizmatlari tashkil etilgan

Bular: logoped ishlari bolalar nutqini korreksion ishlarni olib borish, tibbiy hizmat ya'ni massaj, fitobar hizmatlari, mental arifmetika bolalar aqliy rivojlantirish va ilk matematik bilimlarni oshirish, xareografiya bolalarni raqsga o‘rgatish, taekvando bolalar kurash mashqlarni o‘rgatish, badiiy gimnastika qiz bolalarni jismoniy yetukligini oshirish, ingliz va ispan tillarini o‘rgatish, suzish mashqlari kiritilgan.

Barcha guruxlar zamon talablariga mos davlat talablari asosida tashkil etilgan bo‘lib bolalarni xar tomonlama rivojlantirishga qaratilgan holatda jixozlangan. Muassasada “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida ishlar olib boriladi. Yangi pedagogik texnologiyalar va uslublar asosida tarbiyachilar faoliyat ishlarni boshladilar.

Xavfsizlik choralari sifatida kameralar o‘rnatilgan va sanitariya talablari to‘liq amalga oshirilgan.

\


Kiritilgan vaqti: 29/08/2020 14:10;   Ko‘rilganligi: 45
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shahrida-utrennaya-zvezda-davlat-xususiy-sherikchilik-asosidagi-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-oz-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2020 21:05