Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shahrida "VAVY LAND XADICHA “MECHTA” nomli xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi ish faoliyatini boshladi.

         Samarqand shaxar "VAVY LAND XADICHA" MECHTA""nomli maktabgacha ta'lim muassasasi 125 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib Xodji Muminov ko‘chasida joylashgan . Jami 5 ta guruxdan iborat.

         Bugungi kunda jami 22ta mutaxassislar jalb etilgan. Maktabgacha ta'lim muassasasida har bir bolani rivojlantirishga qaratilgan aloxida xonalar tashkil etilgan.Ushbu muassasada 1,5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Barcha gurux tarbiyachilari oliy ma'lumotli mutaxassislar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi ta'lim hizmatlari tashkil etilgan;

-logoped ishlari bolalar nutqini korreksion ishlarni olib borish:

-tibbiy hizmat ya'ni massaj:

-fitobar xizmatlari;

-mental arifmetika bolalar aqliy rivojlantirish va ilk matematik bilimlarni oshirish;

-xareografiya bolalarni raqs o‘rgatish;

-texkvando, bolalar kurash mashqlarni o‘rgatish;

-badiiy gimnastika qiz bolalarni jismoniy yetukligini oshirish;

-ingliz va ispan tillari o‘rgatish;

-suzish mashqlari kiritilgan.

        Barcha guruhlar zamon talablariga mos davlat talablari asosida tashkil etilgan bo‘lib bolalarni xar tomonlama rivojlantirishga qaratilgan holatda jihozlangan. Muassasada “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ishlar olib boriladi. Yangi pedagogik texnologiyalar va uslublar asosida tarbiyachilar faoliyat ishlarni boshladilar.

       “Mechta” nomli ya'ni orzu maskan barcha talablarga mos bo‘lib bolalarni vatanparvar, kelgusida jismoniy va aqliy yetukligini oshirishga qaratilgan.

       Xavfsizlik choralari sifatida kameralar o‘rnatilgan va sanitariya talablari to‘liq amalga oshirilgan.


Kiritilgan vaqti: 29/08/2020 13:59;   Ko‘rilganligi: 42
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shahrida-vavy-land-xadicha-mechta-nomli-xususiy-maktabgacha-talim-muassasasi-ish-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2020 21:29