Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shahrida yangi “INTELLEKT” hamda “VOLSHYEBNIY GORODOK MECHTA” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining boshladi.

Samarqand shahrida  “INTELLEKT” maktabgacha ta'lim  muassasasi “Obod maskani” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida  joylashgan bo‘lib, quvvati 235 o‘ringa mo‘ljallangan. Tadbirkor Toshev Mizrob. Muassasada  ta'lim rus va o‘zbek tillarida  davlat talablari asosida olib boriladi. Bundan tashqari muassasada raqs, gimnastika, shashka-shaxmat to‘garaklari faoliyati  uchun sharoitilar yaratilgan. Shuningdek,  bolalarni sog‘lom tarbiyalash, chiniqtirish  muolajalarini olib borish mavqsadida muassasada basseyn tashkil etilgan.

Ikkinchi  Samarqand  shahrida gi “VOLSHYEBNIY GORODOK MECHTA” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi  “Urgut” MFY hududida joylashgan bo‘lib, quvvati 50 o‘rinli. Rahbari Voxidova Gulnora.  Bugungi kunda ushbu  muassasada 20 nafar  farzandlarimiz ta'lim-tarbiya olishmoqda. 5 nafar fuqarolar ish bilan ta'minlangan. Muassasada ta'lim  rus tilida davlat talablari asosida olib boriladi.


Kiritilgan vaqti: 19/01/2019 05:57;   Ko‘rilganligi: 141
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shahrida-yangi-intellekt-hamda-volshebnyy-gorodok-mechta-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-faoliyatining-boshladi
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 00:04