Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand shaxar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 64 va 73-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 2020 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyrug‘ining xozirgi kundagi ijrosi yuzasidan hamda psixologlar ish xujjatlarining to‘g‘ri yuritilishi xolati buyicha maktabgacha ta'lim tashkilot pedagog hodimlari uchun amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

Seminarga MTB metodistlari hamda 107-MTT metodisti M.Urakova, 76 MTT metodisti N.Nuriddinova, 114-MTT metodisti M. Parmankulova, 102-MTT psixologi N.Mansurova, 98-MTT jismoniy tarbiya yo‘riqchisi G. Bo‘riyevalar   maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan psixolog, metadist, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, musiqa rahbari va tarbiyachilar ishrirok etdilar.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxassislari ish xujjatlarining yuritilishi, bolalar bilan ishlash, bola rivojlanish xaritasining to‘g‘ri yuritilishi xususida savol javob o‘tkazildi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglarining ish vazifasi, bola rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari xamda bolaning maktabga ruxiy va jismoniy tayyorgarlik xolatlarini aniqlash va a'loxida ehtiyojga muxtoj bola bilan ishlashni to‘g‘ri yulga quyish buyicha bir qancha ma'lumotlar berildi.


Kiritilgan vaqti: 17/03/2020 15:23;   Ko‘rilganligi: 227
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/samarqand-shaxar-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-64-va-73-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-2020-yil-10-mart-kuni-ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-vazirligining-2019-yil-30-avgustdagi-155-sonli-buyrugining-xozirgi-kundagi-ijrosi-yuzasidan-
Chop etilgan vaqti: 03/12/2020 21:53