Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 24 aprel kuni Samarqand shahridagi 94-maktabgacha ta'lim muassasasida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda “Ilk qadam” Davlat dasturi asosida bir kunilik ish jarayoni namunali tarzda ko‘rsatib berildi. Treningda ishtirokchilar uchun maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni kutib olishdan tortib, ertalabki badan tarbiya, nonushta jarayoni, kunlik mashg‘ulot olib borish, musiqa va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish kabi jarayonlar to‘liq ko‘rsatib berildi.


Oxirgi o‘zgarish: 24/04/2019 10:35;   Ko‘rilganligi: 93
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 12/11/2019 07:57