Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

SEMINAR - TRENING  BO‘LIB O‘TDI

2018 yil 12 iyun kuni  80-MTMda Samarqand shahar  maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida seminar-treng o‘tkazildi.

Seminar-treningda:       

  • “Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta'lim dasturi asosida ishlash”   
  • “Oila va mahalla hamkorlik ishlarini tashkil etish samarasi”
  • “Maktabgacha ta'lim muassasalarida sport musobaqalarining yoshlar sportini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish o‘rni”
  • Maktabgacha ta'lim muassasalari hududlarida bolalar yoshini inobatga olgan holda “Ertaklar shaharchasi” ni tashkil etish.” mavzulari ko‘rib qichildi.

             Seminarda  50 nafar tarbiyachi   faol qatnashib, ulardan 95-MTM tarbiyachisi Maxfirat Vaxobova, 58-MTM tarbiyachisi Miyassar Voxidova, 80-MTM tarbiyachisi Raima Rajabovalar o‘z tajribasidan kelib chiqib bilim, malaka va kunikmalarini namoyish edi.

        “Bugungi seminar-trenning meni maktabgacha ta'lim tizimga boshqa kuz bilan qarashga, faoliyatimga tubdan o‘zgartirishlar kiritishni, o‘z ustimda ish olib borishni anglashimga undadi!” - deb  Mashxura Mirzabayeva (56-MTM) va Vasila Qaxxorova (79-MTM)lar seminardan olgan taasurotlarini bildirdi.

              Seminar treningni  N.X.Xolbutayeva  -  Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini va metodik xizmatini muvofiqlashtirish   sho‘ba mudiri,  D.Qodirova - Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 98-son maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi, A.Bazarova - Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 80-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi, R.O‘baydova  -  Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 110-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi hamshirasi o‘tkazdilar.


Kiritilgan vaqti: 13/06/2018 06:58;   Ko‘rilganligi: 483
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/seminar-trening-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 12/11/2019 08:00