Samarqand viloyati Samarqand shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

«Sog‘lom ovaqatlantirishni tashkil etish oyligi» doirasida o‘quv seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 2019 yil 27 fevraldagi “Maktabgacha ta'lim muassasalarida “Sog‘lom ovaqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi  2/36-sonli qo‘shma qaroriga asosan joriy yilning 2 mart kuni Samarqand shahridagi 94-maktabgacha ta'lim muassasasida tizimda faoliyat yuritayotgan oshpazlar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, Davlat sanitariya epidemiologiya markazi rahbari, shahardagi 97 ta maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari, autsorserlar va tegishli mutaxassislar ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 02/03/2019 11:59;   Ko‘rilganligi: 131
 
Material manzili: http://samshaharmtb.uz/oz/news/soglom-ovaqatlantirishni-tashkil-etish-oyligi-doirasida-oquv-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 12/11/2019 08:03